Sharniiturner nikli avstraliyalik ayol Twitter’dagi sahifasida tug‘ilajak farzandining UTT surati bilan bo‘lishdi. “Shifokorim farzandimni old tomondan suratga olishga qaror qildi va bu hayotimda ko‘rgan eng qo‘rqinchli hodisa bo‘ldi”, — deydi ayol.
Post 8-sentabr kuni joylanganligiga qaramasdan, u Twitter’da oktabr oxirida ommalashdi. Bir necha kun ichida u 31 ming “layk” to‘pladi. Bolaning noodatiy yuzi platforma foydalanuvchilari e’tiborini tortdi. U ba’zilarga maxluq bosh suyagini eslatsa, boshqalar uni Garri Potter haqidagi kitoblardagi yovuz sehrgar Volan-de-Mortga o‘xshatdi.
Foydalanuvchilarning ba’zilari qizni abort qildirishga unday boshladi. Bu sharniiturner obunachilarini g‘azabga keltirdi, ular avstraliyalik ayolni himoya qilib, bola hayotini saqlab qolishni maslahat berdi. Ayol zinhor abort qilmasligini ma’lum qildi.
Izoh (0)