Taniqli rejissor Hilol Nasimov “O‘zbekfilm” kinostudiyasi rahbarligidan ketdi. Bu haqda “O‘zbekkino” milliy agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabar berishlaricha, 27-oktabr kuni “O‘zbekfilm” aksiyadorlik jamiyatining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rilgan.
Qayd etishlaricha, Hilol Nasimov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan u “O‘zbekfilm” direktori lavozimidan ozod etilgan. Uning qaysi ishga o‘tganiga aniqlik kiritilmagan.
Yig‘ilish davomida korxonani sog‘lomlashtirish va uni qayta shakllanitirish yuzasidan taklif va mulohazalar tinglangan. Xususan, “O‘zbekfilm”ning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini tahlil qilish va kelgusida rejalashtirilgan ishlarni amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruh tuzilgan.
Ma’lumot uchun, Hilol Nasimov 2016-yil aprel oyida “O‘zbekfilm” rahbari etib tayinlangan edi.
Izoh (0)