AdMe dunyoga mashhur filmlar g‘oyasini o‘g‘irlab yaratilgan “plagiat filmlar” haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.
“Terminator” — “Terminator II”
Italiyaliklar o‘zlarining qo‘rqinchi fantastik filmini “Terminator II” deya nomlashga qaror qilgan. Bu Jeyms Kemeron 1991-yilda suratga olgan “Terminator 2: Qiyomat kuni” filmi emas, albatta.Atlantic Rim — Pacific Rim
Ko‘pchilik Gilyermo del Toroni g‘aroyib maxluqlar yarata oladigan fantaziyasi uchun yaxshi ko‘radi. Pacific Rim filmidagi o‘zga sayyoralik maxluqlar qanchalik yaxshi yaratilgan bo‘lsa, Atlantic Rim’da ular shunchalik yomon: chaplangan kadrlar va bolalar o‘yinchog‘idan yig‘ilgandek taassurot qoldiruvchi robotlar…“Garri Potter” — “Aabra Ka Daabra”
Hindistonlik kinematograflar ham dunyoga mashhur sehrgar-bolakay haqida film olishga qaror qilishgan. “Aabra Ka Daabra”da barcha narsa mavjud: sehr, sarguzasht, tasodifan tirilgan ota va yarim yalang‘och maktab direktori, shuningdek, ko‘plab qo‘shiq va raqslar, g‘alati effektlar.“Kommando” — “D kuni”
“D kuni” — Mixail Porechenkov hamda Yekaterina Pobedinskaya rejissorligi ostida 2008-yilda suratga olingan bo‘lib, Arnold Shvarsenegger ishtirokidagi “Kommando” (1985-yil) filmining remeyki hisoblanadi.“Transformerlar” — “Transmorferlar”
“Transmorferlar” filmida kosmosdan kelib Yerni egallab olgan robotlar haqida hikoya qilinadi. Odamlar esa yer ostiga berkinib, robotlarga zarba berish uchun bir guruhga birlashadilar. Oradan 300 yil o‘tgach insonlar qaqshatgich hujumni amalga oshiradi…“U”
Stiven Kingni butun dunyo birdek yaxshi ko‘radi, ayniqsa, Hindistonda. Shu sababli ham “Woh” nomi ostida 52 qismli film suratga olishgan.
Izoh (0)