Italiyaning Moncler kompaniyasi kichkina itlar uchun hashamdor momiq kiyimlarning yangi kolleksiyasini taqdim etdi. Bu haqda HighSnobiety xabar bermoqda.
Kurtkalarning narxi 370 dollardan 450 dollargacha turadi. Kompaniyaning ma’lumotlariga ko‘ra, mini-kolleksiya to‘rt oyoqli do‘stlarning sovuq va qorli ob-havoda issiq va himoyalangan holda, harakatlanishda hech qanday qiyinchiliksiz odamlar izidan yurishi uchun mo‘ljallangan.
Kolleksiyada itlar uchun yengsiz momiq nimchalar, bir necha xil rangdagi sviterlar, kichkina itlar uchun maxsus Moncler laqué kiyimi taqdim etilgan.
Izoh (0)