Isroilda oktabr o‘rtalarida politsiya bir falastinlikni ig‘vogarlikda gumon qilib hibsga oldi, deb yozadi Meduza. Ma’lum bo‘lishicha uning “Barchangizga xayrli tong” degan posti Facebook’ning avtomatik tarjimoni tomonidan “Ularga hujum qiling” deb noto‘g‘ri o‘girilgan.
Noto‘g‘ri tarjima Facebook ichki algortimi tomonidan amalga oshirilgan. Post haqida Iudeya va Samariya okrugi politsiyasiga xabar qilishgach, erkak hibsga olingan. Xatolik yuz bergani aniq bo‘lgach, uni qo‘yib yuborishgan.
Erkak o‘z postiga ekskavatorning yonida tushgan suratini ilova qilgani (u quruvchi bo‘lib ishlaydi) politsiyachilarni shubhaga solgan, chunki bunday mashinalar yordamida Isroilda teraktlar amalga oshirilgan edi.
Ma’lum bo‘lishicha, “Barchangizga xayrli tun” degan ma’noni bildiruvchi og‘zaki nutq uslubidagi arabcha ibora “Ularga hujum qiling” degan so‘z birikmasidan yozuvda faqat bitta harf bilan farqlanadi.
Izoh (0)