Dubayda shotlandiyalik sayyoh o‘zi bilmagan holda begona erkakning soniga tegib ketgani uchun uch oyga qamaldi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Hodisa odam bilan liq to‘la barda yuz bergan. “Yovuz niyatli” bar peshtaxtasi yonida turib, ichimlik olgan va o‘z stoli tomonga ketayotib, olomon ichidan o‘tishiga to‘g‘ri kelgan va tasodifan yo‘lida turgan erkakka qo‘li bilan tegib ketgan. Sayyohning so‘zlariga ko‘ra, shunchaki u ichimlik birovning ustiga to‘kilib ketishini istamagan.
Voqeadan g‘azablangan “jabrlanuvchi” politsiyaga shikoyat qilgan. U oxir-oqibat o‘z shikoyatini qaytarib olgan bo‘lsa ham, prokuratura ishni ko‘rishni davom ettirdi. Shotlandiyalikni jamoat joyida nomunosib xulq ko‘rsatishda ayblashdi va qamoqqa hukm qilishdi. Himoya tomoni sud qarori ustidan norozilik arizasini bermoqchi.
Izoh (0)