Bugun — 23-oktabr kuni O‘zbekiston va BAA yoshlar terma jamoalari “Bunyodkor” stadionida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Uchrashuv 16:00 da start oladi.
Aleksandr Mochinov murabbiylik qilayotgan jamoaning Amirlik yoshlariga qarshi o‘yinini ko‘rishni istovchilar 10 va 25 ming so‘mlik chiptalarni xarid qilib, O‘zbekistonning eng yaxshi stadioniga tashrif buyurishi mumkin.
25-oktabr kuni tomonlar takroriy o‘yinda ishtirok etadi. O‘FF matbuot xizmatining xabar berishicha, ikkinchi uchrashuvga kirish futbol muxlislari uchun bepul bo‘ladi.
Ayni paytda O‘zbekiston va BAA yoshlari Osiyo Chempionatining saralash turniriga bo‘lgan tayyorgarlikning so‘nggi bosqichida turibdi. Boisi saralash o‘yinlari 30-oktabr kuni start oladi. Bungacha o‘zbekistonlik futbolchilar mamlakat futboli yetakchisi Qatarda bo‘lib turgan bir vaqtda Dohaga borib, Qatar yoshlari darvozasiga 4 ta gol urishning uddasidan chiqa olgandi.
O‘FF prezidenti Qatarda vaqti O‘zbekiston termasi Qatar yoshlariga 4 ta gol urdi
O‘zbekiston saralashni Tojikistonda o‘tkazadi va mezbonlardan tashqari, Shri-Lanka, Bangladesh, Maldiv orollari termalari bilan kuch sinashadi. Amirlik yoshlarining Toshkentga kelishi ham bejiz emas. Chunki ular saralashni Qirg‘izistonda, mezbonlardan tashqari, Bahrayn, Ummon va Nepalga qarshi o‘tkazadi.
Izoh (0)