Avstraliyaning Sidney universiteti professori, Qoraqalpog‘iston—Avstraliya ekspeditsiyasi kodirektori, arxeolog Alison Betts O‘zbekistonda 25 yildan beri O‘zbekiston Qahramoni, arxeolog G‘. Xojaniyazov bilan Beruniy tumanidagi tarixiy Aqchaxonqal’a yodgorligida arxeologik tadqiqot ishlarini olib bormoqda, deb yozadi “Telegraf.uz”.
Qoraqalpog‘iston axborot agentligining xabar berishicha, Aqchaxondan olti metrlik “odam” topilgan.
“Hozir biz professor G‘. Xojaniyazov bilan Aqchaxonqal’ada arxeologik ishlarni birgalikda olib bormoqdamiz. Qazish jarayonida qal’a markazidagi shimoliy koridordan devor rasmlarini topdik. Bu rasmlar nihoyatda ahamiyatli bo‘lib, unda g‘oyat katta hajmdagi (olti metr) zardushtiylik xudolarining, bog‘ va qushlarning rasmi tasvirlangan. Biz hozir ushbu bebaho topilmalarni tozalash, restavratsiyalash ishlarini olib bormoqdamiz. Faraz qilishimizcha, bu joyda topilmalarning davomi bo‘lishi mumkin. Shuningdek, bu joydan erkaklarning va otlarning rasmlari ham topildi”, — dedi A. Betts.
Izoh (0)