Kecha — 19-oktabr kuni Yevropa Ligasi musobaqasida 3-tur bellashuvlariga yakun yasaldi. Quyida liganing eng nomdor klublari qayd etgan natijalar keltirib o‘tilgan.
“Milan” muxlislari bu mavsum jamoadan katta umidlar qilayotgani sir emas. Klubda o‘zgarishlar katta, mavsum avvalida 10 dan ziyod yangi futbolchi bilan shartnomalar imzolandi.
A seriyada ishlari u qadar yurishmayotgan jamoa, Yevropa Ligasining dastlabki ikki o‘yinida zafar quchgandi. Safarda “Austriya” klubi 5:1 hisobida, “San Siro”da “Riyeka” 3:2 hisobida mag‘lub etilgan. Bu safar milanlik futbolchilar Gretsiya jamoasini yenga olmadi — 0:0.
Yevropa Ligasi “D” guruhi. 3-tur 19-oktabr, payshanba“Milan” — “AEK” 0:0
Mavsum avvalida “Barselona”ni qabul qilib olishi kutilgan, biroq amalda bunday bo‘lib chiqmagan Ronald Kumanning “Everton” klubida ishlar joyida emas. Safini Runi bilan boyitib olgan jamoa APLda ham bir nimani qoyil qilayotgani yo‘q. Shuningdek, liverpullik futbolchilar Yevropa Ligasi ularga kerak emasdek to‘p surishmoqda.
“Everton” ilk turni Italiyada o‘tkazib, “Atalanta”dan javobsiz 3 ta gol qabul qilib olgandi. Keyinroq o‘z maydonida Kipr jamoasi bilan durang o‘ynadi — 2:2. Endi esa Liverpulga lionlik futbolchilar tashrif buyurib, 3 ochko bilan qaytishni uddaladi. “Lion” Fransiya chempionatining so‘nggi turida amaldagi chempion “Monako” ustidan ham zafar quchgandi.
Yevropa Ligasi “E” guruhi. 3-tur 19-oktabr, payshanba
“Everton” — “Lion” 1:2
Gollar: Nabil Fekir, 6-pen (0:1). Eshli Uilyams, 69 (1:1). Bertran Traore, 75 (1:2).“Arsenal” bunga qadar “Chelsi” va “Yunayted” yurgan yo‘ldan ketmoqda. Har ikki jamoa Yevropa Ligasida zafar quchib, Chempionlar Ligasida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritgandi. APLda kuchli to‘rtlik uchun raqobat keragidan kuchli. Shuning uchun ham “to‘pchilar” TOP-6 klublari orasida Chempionlar Ligasida o‘ynamayotgan yagonasi bo‘lib turibdi.
Arsen Venger jamoasi Yevropa Ligasini yaxshi boshladi. Bungacha “Kyoln”ni 3:1, “BATE”ni 4:2 hisobida taslim qilgan London klubi, endi Serbiyadan 3 ochko bilan qaytdi. 100 foizlik natija “Arsenal”ning niyati “Everton”nikidan katta farq qilishini ko‘rsatib turibdi.
Yevropa Ligasi “H” guruhi. 3-tur 19-oktabr, payshanba
“Srvena Zvezda” — “Arsenal” 0:1
Gol: Olivye Jiru, 85 (0:1).Chetlatish: Milan Rodich, 80 (S).Italiya A seriyasida ko‘pchilikni ajablantirib, “Milan” postiga 4 ta gol urgan va Turinda “Yuventus”ni taslim qila olgan kichik Indzagi boshqaruvidagi “Latsio”, Yevropa Ligasida ham dadil odimlamoqda. Rim klubining navbatdagi raqibi dastlabki ikki turda zafar quchgan Fransiyaning “Nitssa” klubi edi.
Bellashuv mezbonlar uchun yaxshi boshlandi. Snayderning pasidan so‘ng, Balotelli gol urishga erishgandi. O‘yindagi qolgan gollar keyinroq “Latsio” hisobiga yozilaverdi. Ajab emas, Indzagi shogirdlari ham chempionlik uchun oxirigacha shunday kurash olib borsa.
Yevropa Ligasi “K” guruhi. 3-tur 19-oktabr, payshanba
“Nitssa” — “Latsio” 1:3
Gollar: Mario Balotelli, 4 (1:0). Felipe Kaysedo, 5 (1:1). Sergey Milinko-Savich, 65 (1:2). Sergey Milinko-Savich, 89 (1:3).Piterning “Zenit” klubi Roberto Manchiniga juda yarashib tushdi. Uning boshqaruvida jamoa Rossiya Premyer-Ligasining 13-turidan keyin 28 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Mavsum davomida “Zenit”ni faqatgina “Arsenal” yenga oldi. Tula klubi 15-oktabr kuni kutilmaganda “Krestovski” stadionidan 3 ochko bilan qaytdi.
Yevropa Ligasida ham ishlar chakki emas. Makedoniyaning “Vardar” klubi maydonida 5:0 hisobida zafar quchgan “Zenit”, keyinroq Ispaniyaning “Real Sosyedad” klubini ham taslim qilgandi — 3:1. Endi xuddi shu hisob bilan Norvegiya jamoasi ham ortda qoldirildi.
Yevropa Ligasi “L” guruhi. 3-tur 19-oktabr, payshanba
Izoh (0)