Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkovning ma’lum qilishicha, AQSh Davlat departamenti “Jibhat an-Nusra” bilan bog‘liq “Hayyat Tahrir ash-Sham” terrorchilik guruhi Suriyada kimyoviy qurol qo‘llaganligini tan oldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Ushbu viloyatda ‘Jibhat an-Nusra’ bilan bog‘liq ‘Hayyat Tahrir ash-Sham’ terrorchilik guruhi amal qiladi. U o‘qotar va og‘ir qurol-yarog‘lar, qo‘lbola portlovchi qurilmalar va kimyoviy quroldan foydalanadi. Bu Davlat departamentining nafaqat kimyoviy qurollar mavjudligi, balki ‘Jibhat an-Nusra’ terrorchilari tomonidan Suriyaning ushbu qismida teraktlar uyushtirish uchun ulardan foydalanganligini rasman tan olishidir. Bu haqda biz bir necha marta ogohlantirgan edik”, — deydi u.
Uning so‘zlariga qaraganda, hozirgi paytda Idlib viloyatida kimyoviy quroldan foydalanish bilan bog‘liq yagona holat Xan-Sheyxunda aniqlangan.
“Biroq AQSh bunda hukumat qo‘shinlarini aybladi. O‘sha teraktni uyushtirgan jangarilarni esa (Amerika Davlat departamenti aniqlashicha, ‘Jibhat an-Nusra’ jangarilari) o‘rtacha muxolifat deb atadi”, — deydi general.
Izoh (0)