18-oktabr kuni Tehron shahrida O‘zbekiston—Eron ishbilarmon doiralari vakillarining biznes-forumi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.
Unda O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi ishtirok etdi.
Forumda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Tashqi savdo vaziri Elyor G‘aniyev, “O‘zbekneftgaz” AJ raisi Alisher Sultonov va O‘zbekiston delegatsiyasining boshqa a’zolari so‘zga chiqdi.
Eron hukumati nomidan Eron sanoat, konlar va savdo vazirining o‘rinbosari Mojtaba Xosravtaj nutq so‘zladi.
O‘zbekiston delegatsiyasining Eronga tashrifi doirasida va biznes-forum natijalari bo‘yicha bir qator o‘zaro manfaatli hujjatlar, xususan 7,5 million AQSh dollarilik ahdlashuv bayonnomasi, shuningdek, 25,5 million AQSh dollarilik qishloq xo‘jaligi va to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha bitimlar imzolandi.
Izoh (0)