Aleksandr Mochinov murabbiylik qilayotgan O‘zbekiston yoshlar termasi Qatar ustidan zafar quchdi — 4:2. Bellashuv Qatar poytaxti Dohada bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonda jahonga mashhur Aspire futbol akademiyasining vakolatxonasi ochiladi
Bungacha O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov Qatarda bo‘lib, mamlakat futboli va sporti rahbarlari bilan o‘zaro hamkorlik borasida bir qatorga kelishuvlarga erishgan, xususan, bolalar va o‘smirlar futbolidagi hamkorlik masalasida suhbat qurgandi. Ikki mamlakatning yoshlari o‘rtasidagi bellashuvda esa qatarliklar 4 ta gol o‘tkazib yubordi.Doha safari yoshlar termasi uchun Osiyo Chempionati saralashi oldidan so‘nggi tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi. 30-oktabr kuni Mochinov jamoasi saralash bellashuvlaridagi ishtirokini boshlaydi. Turnirga Tojikiston mezbonlik qiladi. Bunda mazkur ikki qo‘shni respublika yoshlaridan tashqari Shri-Lanka, Bangladesh va Maldiv orollari ham qit’a chempionati uchun kurashda bo‘ladi.
O‘rtoqlik o‘yini Doha, Qatar 18-oktabr, chorshanba
Izoh (0)