Toshkent shahri Uchtepa tumani IIB HPB profilaktika inspektorlari sohaviy xizmat xodimlari bilan hamkorlikda “VAZ-2106” avtoulovini olib qochgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Uchtepa tumanida 10-oktabr kuni soat 22:30 dan 11-oktabr kuni soat 08:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, noma’lum shaxs, Chilonzor 15—14-uyning old tomonida joylashgan avtoulovlar turargohida qarovsiz qoldirilgan, 1982-yilda tug‘ilgan fuqaro X.Aga tegishli “VAZ-2106” avtoulovini noma’lum tomonga boshqarib voqea joyidan yashiringan edi.
Olib borilgan tezkor tadbir davomida, ushbu jinoyatni 1992-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan A.Mariy 2-tor ko‘chasida yashovchi X.D tomonidan sodir etilganligi aniqlanib ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIB tomonidan fuqaro X.Dga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)