Angliyaning “Lester” futbol klubi bosh murabbiy Kreyg Shekspirni iste’foga chiqarganini ma’lum qildi.
Yozda mutaxassis va klub o‘rtasida 3 yillik kelishuv imzolangandi. Oradan taxminan 3 oy vaqt o‘tib, klub rahbariyati o‘sha kelishuvni bekor qilishga qaror qildi.
Sababi “Lester” APLning yangi mavsumida 8 ta o‘yin o‘tkazib, faqatgina 6 ochko ishlay oldi. U ayni damda turnir jadvalining 18-pog‘onasida turibdi.
Shekspir bosh murabbiy bo‘lguniga qadar italiyalik Klaudio Ranyeriga yordam bergan bo‘lib, bu borada sensatsion ravishda Angliya chempionligi qo‘lga kiritilishiga hissa qo‘shgandi. Biroq kelasi mavsumda Ranyeri va “Lester” xavfli zonalarda yuravergani, jamoaning tailandlik egalariga yoqmadi va ular chempion murabbiyni iste’foga chiqardi.
Shekspir esa vaqtincha bosh murabbiy postida “Lester”ni APLda olib qoldi va Chempionlar Ligasida chorak finalga qadar yetib keldi. Biroq yangi mavsum starti avvalgisidan katta farq qilmadi.
Izoh (0)