Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xorazm viloyatining Urganch tumanida inson o‘limi bilan bog‘liq baxtsiz hodisa yuz berdi, deya xabar bermoqda Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati.

Xabar berishlaricha, Urganch tumanida istiqomat qiluvchi 1980-yilda tug‘ilgan M.Qurbanov 1940-yilda tug‘ilgan qo‘shnisi B.Tojimovning iltimosiga ko‘ra, 15-oktabr kuni o‘zining “ZIL-130” yuk mashinasida daladan sholi somonini olib kelib berishda yordam bermoqchi bo‘lgan.

“Ammo haydovchi somon ortish jarayonida orqaga harakatlanish paytida ehtiyot choralarini ko‘rmaganligi bois, yuk mashinaning orqa tomonidan turgan qo‘shnisini bosib o‘tgan. Natijada 77 yoshni qarshilagan otaxon olgan tan jarohati tufayli hodisa joyida vafot etdi”, — deyiladi IIB axborotida.

Qayd etishlaricha, hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ish haqi, pensiya va nafaqa miqdori oshiriladi
Mahalliy
Uchta idoradan uch xil munosabat: Qurilish vazirligi tashkilotlari yutib olgan 85 ta shubhali tender haqida
Dunyo
Rossiyada o‘zbekistonlik yigitni poyezd bosib ketdi