Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xabariga ko‘ra, joriy yilning 11-oktabr kuni viloyatning Toshloq tumanidagi xonadonlarning birida ko‘p miqdorda giyohvandlik moddasi saqlanayotgani haqida olingan ma’lumot yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tekshirish jarayonida 1951-yilda tug‘ilgan N.A. o‘z xonadonining tomorqasida yetishtirgan nashani quritish maqsadida yashash xonadoni mehmonxonasi va qurilishi bitmagan binoga yoyib qo‘yganligi aniqlandi. Giyohvand moddaning sof og‘irligi 41,965 kilogrammni tashkil etdi.
N.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25 va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov-tezkor surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Izoh (0)