Samarqand viloyati Jomboy tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari sohaviy xizmat xodimlari bilan hamkorlikda firibgarlik jinoyatini sodir etib, 2016-yildan beri qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
16-oktabr kuni Jomboy tuman hududida o‘tkazilgan profilaktik tadbir davomida, tuman IIBda O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan ayblanib, 2016-yil 26-noyabrdan beri qidiruvda bo‘lgan, 1986-yilda tug‘ilgan, Jomboy tumani Samarqand MFY, Halvoyi ko‘chasida yashagan X.G‘ tuman hududida ushlandi.
Izoh (0)