O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qonunchilikka jinoyat sodir etilishiga aloqador bo‘lmagan shaxslar mulkini musodara etishni man etuvchi tuzatishlar kirituvchi qonunni imzoladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Jinoiy-protsessual kodeksning yangilangan va kengaytirilgan 211-moddasi 1-qismiga ko‘ra, gumonlanuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, mahkumga tegishli jinoyat quroli musodara etiladi va tegishli muassasalar ixtiyoriga topshiriladi yoki yo‘q qilinadi.
Sanab o‘tilgan shaxslarga tegishli bo‘lmagan mulk uning qonuniy egalari, mulkdorlar, vorislar va merosxo‘rlarga qaytariladi. Ular aniqlanmagan taqdirda esa davlat ixtiyoriga o‘tkaziladi.
Jinoiy-protsessual kodeksga kiritilgan mulk musodarasiga oid tuzatishlar hukmi kuchga kirgan jinoiy ishlarga tegishli emas.
Ma’lumot uchun, moddaning avvalgi tahririda “Jinoyat quroli musodara etiladi” deb qayd etilgan, bu esa ba’zan mulk uning egasi xabarsiz holatda davlat foydasiga musodara etilishiga olib kelardi.
Izoh (0)