Suriyaning Rakka shahri IShIDdan ozod qilinishi bo‘yicha operatsiya oktabr oyida yakunlanishi mumkin. Bu haqda, NBC telekanaliga asoslanib, “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Aytilishicha, ushbu operatsiya yakunlanganidan so‘ng AQShning Suriya siyosati bo‘yicha biror aniq rejasi yo‘q. Buni telekanalning uch alohida manbasi tasdiqladi.
“Rakkada IShID ustidan qozonilajak g‘alabaga qancha yaqinlashsak, Iroq va Suriya bo‘yicha bu mintaqada Turkiya va Rossiyaning faolligiga qarshi turish uchun biror aniq strategiya yo‘qligi shuncha ko‘zga tashlanmoqda”, — dedi telekanal suhbatdoshlaridan biri.
U Oq Uy shu munosabat bilan xavotirga tusha boshlaganini ta’kidladi.
Izoh (0)