Xitoyning Sinopec va PetroChina kompaniyalari Saudiya Arabistonining davlat neft korporatsiyasi — Saudi Aramco aksiyalarining 5 foizini sotib olish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda, “RBK” xabar bermoqda.
Sinopec va PetroChina kompaniyalari vakillari hozircha rasmiy bayonot berishdan bosh tortdi.
2016-yil bahorida Saudiya shahzodasi Muhammad bin Salmon Saudi Aramco aksiyalarini IPO’ga chiqarish qarorini bildirgan edi. Kompaniyaning 5 foiz aksiyalari birlamchi joylashtirishga mo‘ljallangan edi.
Saudiya hukumati kompaniya kapitalizatsiyasini 2 trillion dollarga baholamoqda.
The Sanford C. Bernstein & Co tahlilchilari mart oyida kompaniya narxini 1 trillion dollardan yuqoriroqqa baholagan edi.
Izoh (0)