Rossiyalik aktyor Dmitriy Maryanov 47 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Xabar qilinishicha, Maryanov o‘zini yomon his qilgan, shunda do‘stlari uni Moskva viloyatidagi Lobnya shahar kasalxonasiga olib borishga qaror qilgan, ammo yo‘lda aktyor vafot etgan.
Ayni paytda aktyorning o‘limi sabablari aniqlashtirilmoqda.
Dmitriy Maryanov 1994-yildan “Lenkom” teatr truppasi tarkibida bo‘lgan. Shuningdek, aktyor “Kvartet I” bilan hamkorlik qilgan va “Radio kuni” kartinasida rol o‘ynagan.
Izoh (0)