Iroq qurolli guruhlari — “Peshmerga” qo‘mondonligi Iroq kuchlarining Kirkuk shahriga tashlanishini “Kurdiston xalqiga qarshi urush e’lon qilish” sifatida baholadi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Kurdlarning Rudaw agentligida keltirilgan bayonotda Iroq hukumati ixtilof keltirib chiqargani uchun “katta badal o‘tashi” ta’kidlangan.
Iroq qo‘shinlarining kurdlar nazorati ostidagi hududga olib kirilishini “Peshmerga” “kurd xalqining huquqini poymol qilish” deb hisoblamoqda.
O‘z navbatida, federal hukumat 16-oktabr kuni boshlangan operatsiya doirasida Kirkuk atrofida nazorat o‘rnatish bo‘yicha vazifalar bajarilganini ta’kidladi.
Operatsiya chog‘ida hukumat qo‘shinlari kurdlar tomonidan o‘qqa tutildi va javob o‘tini ochdi.
Izoh (0)