Prezident Shavkat Mirziyoyev Urganch shahridagi Yoshlar markazida bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Amir Temur nomidagi istirohat bog‘i hududida tashkil etilgan markazda yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun barcha sharoit yaratilgan. “Yosh chevarlar”, “Yosh rassomlar”, “Yosh shaxmatchilar”, “Yosh ijodkorlar”, “Yosh sartaroshlar” kabi o‘ndan ortiq to‘garak faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Prezident Yoshlar markazida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
“Biz bu kabi zamonaviy inshootlarni ko‘plab qurishimiz mumkin. Lekin uning ichida qanday ta’lim-tarbiya olish, hunar o‘rganish siz yoshlarning intilish va tashabbuslaringizga bog‘liq”, — dedi davlat rahbari.
Prezident turli sabablarga ko‘ra to‘g‘ri yo‘ldan adashib qolgan yoshlarni sog‘lom hayotga qaytarishda ularning tengdoshlari yordam berishi kerakligini qayd etdi.
Shavkat Mirziyoyev viloyatning bir guruh faol yoshlari bilan uchrashib, ular bilan suhbatlashdi.
Izoh (0)