MyDay san’atkorlarning sahnada va kundalik hayotda qanday uslubda kiyinishni afzal ko‘rishini aks etgan fotosuratlarni taqdim etdi.
Xonanda Nilufar Usmonova
To‘rt farzandning onasi, xonanda Nilufar Usmonovani sahnada bashang liboslarda ko‘rish mumkin bo‘lsa, hayotda did bilan tanlangan, qulay va oddiylik tarafdori ekanligini kuzatish mumkin.
Xonanda Shahzoda
Shahzoda sahnada ham, kundalik hayotda ham doim nafis ko‘rinish tarafdori ekanligi hech kimga sir emas.
Xonanda Rayhon
Rayhon sahnaga muxlislar qarshisiga o‘ta yorqin va dabdabali liboslarda chiqsa, hayotda qulay va bejirim ko‘rinishda yuradi.
Aktrisa va boshlovchi Rayhon Ulasenova
Aktrisa kasbi tufayli doim ommaviy tadbirlarda bashang liboslarda ko‘rinish bersa, kundalikda qulaylikni afzal ko‘radi.
Aktrisa Shahzoda Muhammedova
Shahzoda Muhammedova serqirra ijodkor bo‘lganligi bois sahna liboslarini odatda o‘zi yaratadi. Ular barchasi betakror va go‘zal. U hayotda ham doim ko‘rkam ko‘rinishda.
Aktrisa Sitora Farmonova
Aktrisaning sahna va kundalik liboslari zamonaviy.
Xonanda Leyli
Tadbirlarda nafis liboslarni hush ko‘ruvchi xonanda kundalik hayotda qulay tarzda kiyinadi.
Xonanda Umidaxon
Umidaxon sahnada ham, kundalik hayotda ham liboslariga sinchkovlik bilan yondashadi.
Izoh (0)