Buyuk Britaniya parlamentiga 24-iyunda uyushtirilgan xakerlik hujumi uchun javobgarlik Eron zimmasida. Bu haqda hukumatdagi manbalarga tayanib, Daily Telegraph nashri ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant”.
Dastlab parlament kompyuter tarmog‘iga hujum ortida Rossiya turganligi taxmin qilingandi, biroq razvedka bunga Eron aloqador ekanligi haqidagi xulosaga keldi.
Deputatlar o‘shanda bir sutkadan oshiq elektron pochtadan foydalana olmagandi.
Kiberhujum sabablari noma’lum, biroq gazeta ekspertlari uni Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Eron atom qurolini ishlab chiqishni davom ettirishi uchun yadro kelishuvini yo‘qqa chiqarish maqsadida amalga oshirganini taxmin qiladi.
Izoh (0)