“Antipriunil.ru” nashri millionlab va hatto milliardlab dollar boyligi bo‘lsada hayot tarzi oddiy odamlarnikidan farq qilmaydigan insonlar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.
Amansio Ortega
Ushbu inson butun hayoti davomida uch martagina rasmiy intervyu bergan va galstuk hamda pidjaklardan ko‘ra o‘z hayotining xavfsizligi uchun ko‘proq pul sarflaydi. Boyligi 85 milliard dollarni tashkil etadigan Zara brendi egasi haqida deyarli hech narsa ma’lum emas.Sulaymon Kerimov
SSSR davrida Sulaymon rafiqasi bilan “kommunalka” uylarda yashab, oddiy oshxonalarda ovqatlanishga majbur edi. O‘sha vaqtdan buyon u “Gazprom”ning asosiy aksiyadorlaridan biriga aylandi, biroq yoshligidagi odatlari yo‘qolib ketmagan.Mark Kyuban
Mark 12 yoshida krossovka sotib olish uchun axlat qoplarini sota boshlagan. Hozirgi kunda uning krossovkasidan tashqari, “Dallas Maveriks” basketbol klubi, telestudiyasi, reklama kompaniyasi, bankdagi hisobida 3 milliard dollari bor.Skot Farkuxar va Maykl Kennon-Bruks
Ikki nafar talaba qachonlardir Atlassian kompaniyasiga aylanib ketgan startapni ishga tushirgan edi. Qisqa vaqt ichida u IT xizmat ko‘rsatish bozorini egallab, Trello yirik dasturiy ta’minotini ham o‘ziga qo‘shib oldi. Hammasi juda tez sodir bo‘lganidan, kompaniya xo‘jayinlari o‘z odatlarini o‘zgartirishga ham ulgurmadi. Ularni hamon “tasodifiy milliarderlar” deb atashadi.Dastin Moskovits
Uni 2008-yilda Facebook’dan haydab yuborishgan. Moskovits bundan o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi va Asana loyihasini ishga tushirdi. Hozirda uning boyligi yetarli va ancha-munchasini xayriya ham qilib turadi.Ingvar Kamprad
50 milliard dollardan ortiq mablag‘i bo‘lgan IKEA asoschisi “biznes-klass”da sayohat qilishi mumkinmi? Moliyaviy jihatdan — bo‘lishi mumkin, axir uning 50 milliarddan ortiq boyligi bor. Biroq u ruhan tejamkor biznesmen sifatida qolgan.Vinsent Kartayzer
Ro‘yxatdagilar orasida Vinsent eng kambag‘ali hisoblanadi, uning hisobida atiga ikki million dollar bor, biroq bu ham uning uchun ko‘p. Ya’ni unga bu boyliklarning keragi yo‘q, u hatto mashinasidan ham voz kechgan. Aktyor yaxshigina pul topadi, biroq uning ko‘rinishi oddiy odamlarnikidan farq qilmaydi.Tobi Maguayr
U vegetarian hisoblanadi. “Buyuk Getsbi” filmidan so‘ng, barcha asosiy roldagi aktyorlarga sportkar sovg‘a qilishganida Tobi sovg‘ani rad etgan. Chunki mashina o‘rindiqlari tabiiy teridan qilingan.Nikolas Vudman
Kaliforniyalik oddiy yigit ekstremal sport turi vaqtida chiroyli video olish mumkin bo‘lgan super-kamerani orzu qilgan. Vudman GoProni — dunyodagi ekstremal sport turlari uchun eng mashhur kamerani yaratgan. Boyib ketganiga qaramay, shon-shuxratga erishish yo‘li qanchalik mashaqqatli bo‘lganini unutmagan.
Izoh (0)