Boston tibbiyot maktabi olimlari odam eng go‘zal hisoblanadigan o‘rtacha yoshni aniqladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: AFP

Hozirgi paytda bu 38,9 yoshni tashkil qiladi. 1990-yillarda esa bu yosh 33,2 deb hisoblangan.

Olimlar People jurnali tomonidan 1990—2017-yillarda chop etilgan eng chiroyli mashhurlar ro‘yxatini tahlil qilib chiqqan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, “go‘zallik yoshi” Sheron Stoun, Mishel Pfayfer va Julia Roberts kabilar hisobiiga o‘sgan. Qariyb 30 yillik tarixga ega ro‘yxatda ular ham bo‘lgan.

Bundan tashqari, ekspertlar terisining rangi to‘q bo‘lgan mashurlarning soni ko‘payganini ham aniqlagan. 1990-yillarda terisining rangi yorqin bo‘lgan mashhurlar ro‘yxatda 88 foiz bilan ustunlik qilgan bo‘lsa, 2017-yilga kelib, bu ko‘rsatkich 70,4 foizga tushgan.