12-oktabr kungi O‘zbekiston—Tojikiston biznes-forumi doirasida “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qoshidagi “Milliy turistik mahsulotni ilgari surish markazi” DUK va Tojikistonning “Oriyent-Adventur” MChJ, “Skay-Tur” va “Rohat-Tur” turoperatorlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda UzReport xabar bermoqda.
Davlat turizm qo‘mitasi qoshidagi “Milliy turistik mahsulotni ilgari surish markazi” DUK va Tojikiston turoperatorlari milliy turistik xizmatlarni ilgari surish va reklama sohasida birgalikdagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ikki mamlakat turistik istiqboli borasida axborot almashuv, milliy turistik brendlarni shakllantirish va ilgari surish, xalqaro turistik bozorlarda Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab transchegara marshrutini birgalikda ilgari surish orqali turizm sohasida hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda.
Hamkorlik, shuningdek, umumiy tadbirlar va axborot turlari o‘tkazish, shuningdek, ikki mamlakat qonunchiligiga muvofiq turizm sohasida boshqa muvofiqlashtirilgan tadbirlar o‘tkazishni ko‘zda tutadi.
Izoh (0)