Yevropada Rossiya bilan harbiy ixtilof kelib chiqqan taqdirda NATOga chegaralardagi byurokratiya jiddiy xalaqit beradi. Bu haqda AQSh harbiylari Defense One nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Iyulda amerikalik polkovnik Patrik Ellis Gruziyadagi mashg‘ulotlar uchun Germaniyadan Vengriya, Ruminiya va Bolgariya orqali zirhli texnika yetkazishga rahbarlik qildi. U chegaralarda hujjat to‘ldirish juda ko‘p vaqt olishiga e’tibor qaratdi.
“Ruminiyaga borish oson edi, u yerdan chiqib ketish esa, aksincha, qiyinroq bo‘ldi. Gap chegarachilarda emas, shunchaki amal qilinishi lozim bo‘lgan protokollar bor. Biz ‘Strayker’larimizda bir yarim soat quyosh ostida o‘tirib, zarur qog‘ozlar to‘ldirilishini kutganmiz”, — dedi Ellis.
Uning so‘zlariga qaraganda, qiyinchilik shundan iboratki, harbiylarning harakatlanishi uchun mudofaa vazirligi javob beradi, chegaralar esa ichki ishlar idoralari nazorati ostida.
Izoh (0)