• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Yoshlar uyi kimlarga va qanday tartibda beriladi? 

    “Telegraf.uz” axborot-tahliliy portali muxbiri O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Yuridik bo‘lim mudiri Bahrom Ilhomjonov bilan suhbatlashib, yoshlar uyini olish tartibi haqida ma’lumot oldi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Yoshlar uyini olish uchun endi yolg‘iz bevalarda ham imkoniyat bor

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-sentabrdagi “Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 250-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 7-bandida Yoshlar uyini olish bo‘yicha hujjatlar ro‘yxati keltirilgan. Ushbu ro‘yxatga deyarli o‘zgartirish kiritilmadi.

    Faqatgina ushbu bandning “b” qismida yosh oilaning nikoh guvohnomasi bilan bog‘liq holat o‘zgargan xolos. Lekin 2016-yil 14-sentabrda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasida yosh oila tushunchasiga qayta ta’rif berildi.

    Ushbu hujjatga ko‘ra, yosh oila — er-xotinning ikkisi ham o‘ttiz yoshdan oshmagan oila yoxud farzand (bola) tarbiyalab voyaga yetkazayotgan o‘ttiz yoshdan oshmagan yolg‘iz otadan yoki yolg‘iz onadan iborat bo‘lgan oila, shu jumladan, nikohdan ajralgan, beva erkak (beva ayol) hisoblanadi. Shuning uchun ushbu qonun bilan Vazirlar Mahkamasining yuqorida keltirilgan qarori 7-bandi “b” qismiga o‘zgartirish kiritildi.

    Demak, endi nikoh to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi, bola tarbiyalayotgan yolg‘iz ota yoki yolg‘iz onaning ilgari nikohda bo‘lmagani yoxud nikohdan ajralgan beva erkak yoki beva ayol ekanini isbotlovchi FHDYo tomonidan berilgan guvohnoma qabul qilinadi. Shuningdek, nikohdan ajralganda yoki nikoh tuzilganda, oldingisidan farqli o‘laroq, farzand bo‘lishi talab etilmaydi.

    Bugungacha “Kamolot” uylariga hujjat topshirgan yosh oilalarning arizalari o‘z kuchida qoladimi?

    Joriy yilning 5-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi va Adliya vazirligi tomonidan guvohnoma berildi.

    Yoshlar ittifoqining ustaviga ko‘ra, Ittifoq muqaddam O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati nomi bilan 2012-yil 1-iyun kuni qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan va unga 653p-sonli guvohnoma berilgan. Yoshlar ittifoqi O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining barcha huquq va majburiyati bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, bugungacha uy olish uchun hujjat topshirgan yosh oilalarning arizalari o‘z kuchida qoladi.

    “Kamolot” uylari” olish uchun navbatda turganlar qachon uyli bo‘lishadi?

    Bugungi kunda respublika bo‘yicha “Kamolot” YoIHga murojaat qilib, uy olmay, navbatda turgan yosh oilalar soni 1300 dan oshadi. Bularning ko‘p qismi Toshkent, Samarqand, Qarshi va Buxoro shaharlariga to‘g‘ri keladi.

    Ular uchun uy berish jarayoni Toshkent shahrida 2017-yilning oxirlarida boshlanishi mo‘ljallangan.

    Yoshlar uyini berish uch bosqichdan iborat bo‘ladi

    Yosh oilalarga yoshlar uyini berish uch bosqichdan iborat: birinchi bosqich yoshlar uyini qurish, ikkinchisi nomzodlarni saralash va uchinchi bosqich — tanlangan yosh oilalar bilan bank va pudratchi tashkilot o‘rtasida shartnoma tuzish, ya’ni hujjatlarni rasmiylashtirish bosqichi.

    Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-sentabrdagi “Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 250-son qaroriga ko‘ra, oldin faqatgina ikkinchi bosqich, ya’ni nomzodlarni saralab, tavsiyanoma berish jarayoni belgilangan edi va shu bilan mazkur huquqiy munosabat tugar edi.

    Yangi qarorga esa 2018—2021-yillarda qurilish dasturi va uchinchi — taqsimot bosqichi qo‘shildi. 2018—2021-yillarda hududlarda yoshlar uyi quriladi, keyin nomzodlar saralanadi va oxirida uch tomonlama shartnoma imzolanadi.

    Yosh oilalar uchun boshlang‘ich badallarni Yoshlar ittifoqi to‘laydi

    Yangi qarorning 4-bandiga ko‘ra, mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalar uchun ipoteka kreditlari bo‘yicha quyidagi shakldagi to‘lovlar nazarda tutilgan qo‘shimcha imtiyozlar beriladi:

    - ipoteka kreditlarini olgan yosh oilalarning kreditni to‘lash muddati davomida keyinchalik uni qaytarish sharti bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mablag‘lari hisobidan uy-joy sotib olish uchun dastlabki badallarni to‘lash;

    - ipoteka krediti bo‘yicha birinchi besh yil nihoyasiga yetgandan keyingi butun muddat uchun hisoblanadigan foizlarning O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizi miqdorida to‘lash.

    Ya’ni bundan ko‘rinib turibdiki, deyarli hech nima o‘zgarmagan, avvalgi tartib saqlanib qolgan. Sodda tilda tushuntirganda, misol uchun, yosh oila 100 million so‘mga yoshlar uyidan oldi. Shu summaning boshlang‘ich badalini, 25 foizi, ya’ni 25 million so‘mni Yoshlar ittifoqi to‘lab beradi. Yosh oila umumiy hisobda 100 million uchun kredit to‘laydi va shu orada yoshlar ittifoqiga ham 25 millionni qaytaradi. Boshqa kreditlardagidek, yosh oila boshlang‘ich badal bilan hisoblaganda 125 million so‘m to‘lamaydi.

    Yosh oila 20 yil davomida 7 foiz bilan kredit to‘laydi

    Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasiga ko‘ra, hozirda kredit foizlari 14 foiz bo‘lgan. Lekin bu yoshlar uyini olgan yosh oilalarning kreditlariga tegishli emas.

    Besh yillik imtiyozli davrda yetti foiz to‘lagach, ushbu davrdan keyin yosh oila hisobidan bankka 14 foizlik kredit to‘lovi amalga oshiriladi. Faqat ushbu foizning yetti foizi yosh oila, yetti foizi esa Yoshlar ittifoqi tomonidan to‘lanadi. Hatto bu safar yosh oila uchun ancha yengillik yaratildi. Xullas, yoshlar uyini olgan yosh oila 20 yil davomida yetti foizlik kredit to‘lovini to‘laydi.

    Yosh oila o‘z navbatini onlayn kuzatib borishi mumkin

    Bugungi kunda www.yoshlaruyi.uz degan sayt va shu nomda Telegram’da kanal ham ishga tushdi. Mazkur sayt orqali 2018-yil 1-yanvardan respublika komissiyasi tomonidan hisobga qo‘yilgan yosh oilalarning navbatini onlayn kuzatib borish imkoni bo‘ladi. Bundan asosiy maqsad shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash. 100-o‘rinda turgan yosh oila 15-o‘ringa chiqib qolmasligining oldini olish. Buni yoshlarning o‘zlari onlayn kuzatib borishlari mumkin. Ushbu elektron tizim yoshlar ittifoqi tomonidan 2018-yil yanvariga qadar ishga tushiriladi.

    Yoshlarning o‘zi qurilayotgan uylarning sifatini nazorat qiladi

    Hozir nizom loyihasi tayyorlanyapti. Unga ko‘ra, Toshkent shahrida yetti qavatli, hududlarda esa to‘rt va ikki qavatli uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, xonadondagi xonalar alohida, hojatxona va yuvinish xonalari ham alohida qilib bunyod etilishi mo‘ljallangan. Kvartira maydoni ham oldingilariga nisbatan kattaroq bo‘ladi.

    Eng asosiysi, Yoshlar ittifoqining faollari qurilayotgan yoshlar uyining sifati ustidan jamoatchilik nazoratini olib boradi.

    Yoshlar uyini navbatsiz oladiganlar safi kengaydi

    Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-sentabrdagi “Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 250-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 17-bandiga ko‘ra, er-xotinning har ikkisi yetimlar — “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari bo‘lsa, imtiyozli ipoteka krediti oluvchi oila a’zolarining biri yoki bir nechtasi ushbu Nizomning 5-bandiga muvofiq surunkali kasalliklarning o‘tkir shakllaridan azob cheksa, Markaziy kengash tavsiyanomasi navbatdan tashqari berilar edi.

    Hozir ushbu bandga qo‘shimcha kiritiladi: yosh oila vakillaridan biri yoki ikkisi ham Yoshlar ittifoqi (sobiq “Kamolot” YoIH) tizimida kamida 3 yillik ish stajiga ega bo‘lsa, markaziy kengash tavsiyanomasi navbatsiz tarzda berilishi belgilanadi.

    12.10.2017, 11:26   Izoh (0)   57360
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda O‘zbekiston—Tojikiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

    12.10.2017, 11:02

    Nurotadagi “Chashma” majmuasi ta’mirlanadi va obodonlashtiriladi

    12.10.2017, 10:56

    Yuridik shaxslarning ustav fondiga chet el valyutasi cheklovsiz kiritiladi

    12.10.2017, 10:52

    So‘rovnoma: 76,5 foiz O‘zbekiston yoshlarining eng katta orzusi — talaba bo‘lish

    12.10.2017, 10:35

    Qozog‘iston parlamenti O‘zbekiston bilan avtobus qatnovini ochish haqidagi bitimga tuzatishlarni qabul qildi

    12.10.2017, 10:27

    Vladivostokdagi YTHda ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

    12.10.2017, 09:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ronaldu klublar o‘rtasidagi JCHda ishtirok etadimi? Futbolchining o‘zi bu haqda gapirdi

    Sport | 7 iyun, 16:33

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    Dunyo | 7 iyun, 16:20

    So‘nggi 30 yilda ikki baravarga ko‘paydi: O‘zbekistonda yosh ayollar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 15:30

    Mehnatga yaroqli har ming aholining 224 nafarida kredit bor — Markaziy bank

    Iqtisodiyot | 7 iyun, 14:20

    “O‘zgidromet” 8-iyunda qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 13:45

    “Afg‘onistonda hayit bayramlari tinchlik va osoyishtalikda nishonlanishi katta voqea” — Abdulqodir Halimiy

    O‘zbekiston | 7 iyun, 13:14

    O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov vafot etdi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 12:50

    Qashqadaryodagi masjid AQSH granti ko‘magida restavratsiya qilindi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 12:16
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.