Rossiya Qrim yaqinida, Ukraina chegarasida devor qurishni boshlaydi. Bu haqda 12-oktabr kuni “Gromadske” telekanaliga bergan intervyusida Ukraina davlat chegara xizmati matbuot kotibi Oleg Slobodyan bayonot berdi.
“Yangi Yilga qadar bu jarayonning yuridik rasmiylashtirilishi tugaydi. Shu bois qurilishning faol fazasi bahorda boshlansa kerak”, — ma’lum qildi Slobodyan.
Uning so‘zlariga qaraganda, kuz-qish mavsumida bu qadar keng miqyosli qurilish ishlarining olib borilishi qiyinchilik tug‘diradi.
Amaldor, shuningdek, Ukraina Qrim chegarasida hech qanday istehkomlar qurmasligini bildirdi:
“Nega Ukraina hududidagi fuqarolarimizni to‘sib, qanaqadir infrastruktur inshootlar qurishimiz kerak? Axir Qrimni qaytarishda qat’iy sobitmiz”.
Izoh (0)