Toshkent islom institutida tashkil etilgan maxsus sirtqi bo‘limga 2017—2018 o‘quv yili uchun 181 nafar abituriyent hujjat topshirdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi axborot xizmati xabar bermoqda.
12-oktabrdan abituriyentlar “aqoid”, “fiqh” va “arab tili” fanlaridan ijodiy imtihonlar topshirishni boshladi.
Imtihon boshlanishidan oldin O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohim Inomov abituriyentlarga omad tiladi.
Izoh (0)