Iroq bosh vaziri Haydar al-Abadiy Kurdiston muxtoriyati atrofidagi vaziyatni o‘nglashda kuch qo‘llamasligini ta’kidlab o‘tdi. Bu haqda, kurdlarning “Rudau” telekanaliga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
“Biz xalqqa qarshi armiyamizni ishlatmaymiz, kurdlar va boshqa fuqarolarga qarshi jang qilmaymiz”, — dedi al-Abadiy.
Iroq bosh vaziri, shuningdek, federal hokimiyatning asosiy vazifasi mamlakat yaxlitligini va konstitutsiyaga amal qilinishini ta’minlash ekanligini qo‘shimcha qilib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, 25-sentabr kuni o‘tkazilgan referendumda ishtirok etgan saylovchilarning 92 foizdan ko‘prog‘i Iroq Kurdistonining mustaqil bo‘lishini yoqlab ovoz bergan edi. Hozirda Iroq hukumati mamlakat yaxlitligini saqlab qolish ustida ishlamoqda.
Izoh (0)