11-oktabr kuni “O‘zbekyengilsanoat” AJ binosida eskizlar asosida ishlab chiqilgan maktab formalari namunalarining ko‘rgazmasi tashkil etildi, deb xabar berdi UZ24.
Eskizlar “O‘zbekyengilsanoat” AJ qoshidagi “Sharq liboslari dizayn markazi” hamda “O‘zbekyengilsanoat” tizimidagi 12 ta korxonalar tomonidan yaratilgan. Ushbu korxonalar orasida “Istiqlol tekstil” (Ideal), “Jannati Bibixonim”, High Fashion Group, “Koson universal”, Cotton Road, Bagira Tex, “Gulmira Tekstil”, EKO planeta, Ferangiz Fashion, “Urganch Bahmal”, “To‘maris Tekstil” kabilar bor.
Yagona maktab formalari namunasi tasdiqlangandan so‘ng, yaratilgan eskizlar asosida tikib tayyorlanadi.
Izoh (0)