Ahror Mahmudov Yagona umumrespublika protsessing markazi (YaUPM) direktori lavozimiga tayinlandi. U 2-oktabrdan mazkur lavozimda ish boshladi, deb xabar qildi tashkilot matbuot xizmati.
Ahror Mahmudov (1984-yilda tug‘ilgan) — Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti bitiruvchisi. Bunga qadar — 2014-yildan — Sensis Group kompaniyasi rahbari bo‘lgan.
2-oktabrga qadar vaqtinchalik direktorlik vazifasini Dehqonov Behzod Nazirovich bajarib kelgan edi. Endi Dehqonov Behzod texnik masalalari bo‘yicha direktor o‘rinbosari etib tayinlandi.
Izoh (0)