Rossiyaning Vladimir viloyatidagi avtobus va poyezd ishtirokida ro‘y bergan fojiali halokatda to‘rt fuqaro juda og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan edi, ulardan ikki nafari bolalar edi.
Ikki yoshli bolakay shifokorlarning urinishlariga qaramay, vafot etgandi.
“Telegraf.uz” ning yozishicha, ayni damda besh yoshli qizchaning ahvoli ham shifokorlarni xavotirga solmoqda.
10-oktabr kuni qizcha vertolyot orqali Moskvaga ko‘chirib kelindi. Taxminan, bir soatdan ko‘proq vaqt uchgan havo transport vositasida bemor uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, unga parvoz paytida tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Hozircha qizaloqning ahvoli og‘irligicha qolmoqda. Moskvalik shifokorlar uning hayoti uchun kurash olib bormoqda.
Izoh (0)