Serbiya tashqi ishlar vaziri Ivitsa Dachich tantanali ziyofat chog‘ida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga atab turk tilida qo‘shiq kuylab berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Serbiya OAVlarida va ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan videoda Serbiya tashqi ishlar vaziri Serbiya va Turkiya yetakchilari rafiqalari bilan birga o‘tirgan stol yaqiniga kelib, Osman Aga qo‘shig‘ini kuylayotganini ko‘rish mumkin. Ziyofat mehmonlari Dachichning ijrosini olqishlar bilan qarshi olgan.
Izoh (0)