Xalqaro futbol uyushmasi FIFA Pokiston Futbol Federatsiyasini o‘z tasarrufidan chetlatdi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berdi.
Sabab sifatida mamlakat hukumatining federatsiya ishiga aralashuvi ko‘rsatilgan. Bu holat Pokistonda birinchi bor kuzatilayotgani yo‘q. Vaholanki, FIFA nizomiga ko‘ra, futbol federatsiyalari hukumatdan mustaqil ravishda faoliyat ko‘rsatishi kerak.
FIFAning bu qarori o‘z kuchini yo‘qotmaguniga qadar, Pokiston futboli xalqaro maydonda ko‘rinish bermaydi. FIFA o‘ziga bo‘ysinuvchi konfederatsiyalar hamda ular tashkil qiladigan har qanday musobaqa, yig‘ilish, marosimlardan Pokistonni tushirib qoldiraveradi.
Izoh (0)