AdMe otasidan yoki boshqa yaqinidan milliardlab dollar meros bo‘lib qolgan dunyodagi eng boy ayollar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.

Elis Uolton, 67 yosh

Foto: AdMe

Wal-Mart asoschisi Sem Uoltonning qizi. U o‘zi mustaqil ravishda iqtisod va moliya sohasida ishlab ko‘rgach, otasining biznesidagi ulushini olishga rozi bo‘lgan.

Syuzan Klatten, 54 yosh

Foto: AdMe

Germaniyadagi eng boy ayollardan hisoblanmish Syuzan Klattenga otasining Altana hamda BMW’dagi ulushi meros bo‘lib qolgan. Syuzan oilaviy biznesga sho‘ng‘ib ketguniga qadar reklama sohasida va BMW’da muhandis lavozimida ishlagan.

Loren Pauell Jobs, 53 yosh

Foto: AdMe

Loren — afsonaviy Stiv Jobsning bevasi. U Stenford universitetini tamomlagan, ilmiy darajaga ega, Apple Inc. hamda The Walt Disney Company hayotida ishtirok etgan. Loren muntazam ravishda xayriya ishlari bilan shug‘ullanib keladi.

Jina Raynxart, 63 yosh

Foto: AdMe

Jina — Avstraliyadagi eng boy odam. U temir rudasini qazib oluvchi yirik kompaniyaga xo‘jayinlik qiladi. U uch marta turmushga chiqqan va uch nafar farzandi bor.  Jina otasidan meros bo‘lib qolgan kompaniya uchun kurashishiga to‘g‘ri kelgan: qarzga botgan, biroq u kompaniyani yuqori darajaga olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

Abigeyl Jonson, 55 yosh

Foto: AdMe

Abigeyl Fidelity Investments kompaniyasiga (dunyo bo‘ylab investorlarga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya) rahbarlik qiluvchi Jonsonlar oilasining uchinchi avlodi. Hozirgi kunda Abigeyl o‘zining 24,4 foiz aksiyalaridan qo‘shimcha daromad olib turadi.

Yelena Baturina, 54 yosh

Foto: AdMe

Moskva sobiq meri Yuriy Lujkovning sobiq xotini bo‘lmish Yelena Rossiya, Avstriya, Chexiya va Irlandiyada mehmonxona biznesi bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, u Yevropada ko‘chmas mulk va muqobil energetikaga investorlik qiladi.

Sharlen de Karvalo-Xeyneken, 62 yosh

Foto: AdMe

Dunyoda pivo ishlab chiqarish sohasida yirikligi bo‘yicha uchinchi o‘rinda turadigan Heineken korporatsiyasining merosxo‘ri. Otasining o‘limidan so‘ng, u Heineken’ning 25 foiz aksiyasiga ega bo‘lgan. Shundan buyon Sharlen oilaviy biznesini rivojlantirishga harakat qilmoqda.

Kirsti Bertarelli, 46 yosh

Foto: AdMe

Serono kompaniyasining xo‘jayinini rafiqasi bo‘lmish Bertarelli — Buyuk Britaniyadagi eng boy ayol. Bundan tashqari u All Saints guruhi tomonidan ijro etilgan mashhur “Qora qahva” qo‘shig‘ining muallifi sifatida ham tanilgan. Shuningdek, u Buyuk Britaniya sobiq go‘zali hamdir.