Siemens kompaniyasining Rossiya va Markaziy Osiyo bo‘yicha prezidenti Ditrix Myoller boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keldi, deb xabar berdi “Telegraf.uz”.
O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov delegatsiya a’zolarini qabul qildi. Uchrashuv davomida energetika, ishlab chiqarish va boshqa sohalar bo‘yicha loyihalar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, Siemens delegatsiyasi va “O‘zbekneftegaz” MXK boshqaruvi raisi Ulug‘bek Saidov o‘rtasida ham uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Muzokaralar mobaynida texnologik hamkorlik rejasi va Qashqadaryo viloyatida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodining qurilishi kabi masalalar muhokama qilindi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati bilan uchrashuv paytida esa temir yo‘llarni, shuningdek, “Chuqursoy” bekatini avtomatizatsiyalash loyihasining muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Izoh (0)