Mashq qilishdan 2–3 soat oldin albatta ovqatlanish zarur, aks holda organizm samarali ishlashi uchun yetarlicha quvvatga ega bo‘la olmaydi.
Lekin bu ovqatlar ma’lum bir to‘yimli moddalarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak. Sport bilan shug‘ullanishdan oldin iloji boricha yog‘siz, lekin oqsil va uglevodlarga boy bo‘lgan taomlarni yeyish tavsiya qilinadi.
Quyidagi oddiy ovqatlarni 5-15 daqiqa ichida tayyorlash, mashq qilishdan ikki soat oldin yeyish va kerakli hamma to‘yimli moddalarga ega bo‘lish mumkin. Bundan tashqari, ulardan to‘yimli nonushta sifatida ham foydalanish mumkin.
Omlet va bananli suli yormasi
Bu taomning bir porsiyasida 13 g oqsil mavjud, banan va suli yormasi yetarlicha uglevodlar bilan ta’minlaydi.Masalliqlar:
- ¾ stakan suli yormasi;
- 2 dona tuxum;
- ¹⁄₂ stakan sut;
- 1 ta banan;
- 1 choy qoshiq dolchin.
Tayyorlanishi:
Bananni sanchqi yoki blender yordamida pyure holatiga keltiring. Hamma masalliqlarni kastyulkada aralashtiring. Aralashmani odatdagi bo‘tqa holatiga kelguncha past olovda qaynating (5 daqiqa atrofida).Qulupnay va yong‘oqli tvorog
Bu taom oqsil va uglevodlarga juda boy.Masalliqlar:
- 1 stakan qulupnay;
- 2 stakan nonushta uchun yorma;
- 100 g dona-dona tvorog;
- 50 g yogurt;
- 30 g yong‘oq;
- 1 choy qoshiq vanilli shakar;
- 1 choy qoshiq limon sharbati;
- 1 choy qoshiq asal.
Tvorog, yogurt, vanilli shakar, asal va limon sharbatini aralashtiring. Stakan ichiga nonushta uchun yorma, tvorogli aralashma, qulupnay va yong‘oqlarni qatlam-qatlam qilib joylashtiring.
Manba: “Zdorovie.com”