Sovet davridan keyingi Markaziy Osiyo, bahsli chegaralar bilan ajratilgan, ko‘pincha bir-biri bilan musobaqalashadigan mamlakatlar mintaqasi, bugungi kunda burungi ixtiloflarga nuqta qo‘yish va yangi darajadagi hamkorlikni o‘rnatish tomonga qarab harakatlanmoqda, bunday holat bu yerda o‘n yilliklar davomida kuzatilmagan edi. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasidagi maqolada aytiladi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Muallif Yaroslav Trofimov qayd etishicha, o‘zgarishlarning asosi va ularni harakatlantiruvchi kuch O‘zbekistonning yangi mintaqaviy yo‘nalishidir, u Markaziy Osiyo aholisining 45 foizini o‘z ichiga olgan holda, mintaqaning barcha mamlakatlariga kuchli ta’sirga ega.
O‘zbekistonning dadil va faol qadamlari, deb yozadi muallif, “Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy taraqqiyotida ijobiy aks etishga qodir. Bu o‘tmishda zo‘ravonlik ekstremizmi avj olishiga sababchi bo‘lgan xalqlararo keskinlikni ham kamaytirishi mumkin”.
Maqolada O‘zbekistonning Qirg‘iziston va Tojikiston bilan aloqalaridagi ijobiy o‘zgarishlarga alohida to‘xtab o‘tiladi.
Izoh (0)