Facebook ijtimoiy tarmog‘i AQShning hozirgi prezidenti Donald Trampning 2016-yil saylovlaridagi g‘alabasini ta’minladi, Twitter esa shunchaki omma bilan bog‘lanishiga ko‘maklashdi. Bu haqda respublikachining saylovoldi shtabi raqamli texnologiyalar bo‘yicha sobiq mutaxassisi Bred Parskeyl CBS telekompaniyasiga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Avval boshdan Donald Tramp g‘alaba qozonishini Facebook belgilab berishini anglab yetdim. Twitter kishilar bilan aloqa bog‘lash vositasi bo‘ldi. Facebook esa uning g‘alabasini ta’minlashi kerak edi”, — deydi ekspert.
Telekompaniyaning ta’kidlashicha, aynan Parskeyl turli ijtimoiy tarmoqlardagi puxta o‘ylab chiqilgan va qimmat bo‘lmagan siyosiy reklama uchun javobgar bo‘lgan.
“Bugungi kunda Facebook televideniyedagi e’lonlar yordamida yetib borishingiz dargumon bo‘lgan joylarga yetish imkonini beradi”, — deya aniqlik kiritadi Parskeyl.
Ekspertning ta’kidlashicha, Tramp sobiq davlat kotibi Hillari Klinton qo‘ldan boy bergan imkoniyatlardan foydalangan.
Izoh (0)