O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining kengashining Sochi shahrida (Rossiya) o‘tadigan sammitida ishtirok etadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar beradi.
Yig‘ilishda davlat rahbarlari ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning istiqbollarini va hozirgi ahvolini muhokama qilishi, mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha fikr almashishi, 2018-yili Hamdo‘stlikka raislik qiluvchi davlat masalasini ko‘rib chiqishi kutilmoqda.
Samit yakunlariga ko‘ra MDH davlatlari rahbarlarining oila instituti va an’anaviy oilaviy qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlash haqidagi bayonoti, shuningdek, 2019-yilni Kitob yili, 2020-yilni esa Ulug‘ Vatan urushidagi g‘alabaning 75 yilligi nishonlanadigan yil deb e’lon qilish borasidagi qarori qabul qilinadi.
Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Sochida bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Izoh (0)