11-sentabrdan buyon Rossiyaning 144 ta shahridagi turli obyektlarda portlash xavfi haqidagi 2 300 dan ortiq anonim xabarlar kelib tushdi. Bu haqda kuch tuzilmalari ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“11-sentabrdan 9-oktabrga qadar 144 ta shaharda 2 300 dan ortiq obyekt, jumladan, savdo markazlari, maktablar, vokzallar, aeroportlar, kinoteatrlar, tungi klublar va davlat hokimiyati organlari binolari ‘telefon terrorchilari’ning hujumiga uchradi. 950 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan”, — deydi agentlik suhbatdoshi.
“Ularning barchasi yolg‘on xabar bo‘lib chiqdi”, — deya aniqlik kiritadi kuch tuzilmalari vakili.
8-oktabr, yakshanba kunining o‘zidayoq Moskva, Sankt-Peterburg, Yoshkar-Ola, Nijniy Novgorod, Dibenko shahrida 37 ta obyektning “minalashtirilganligi” haqida xabar kelib tushgan.
“Telefon terrorchilarining” Moskvaga eng ommaviy hujumi 6-oktabr, jumaga to‘g‘ri kelgan. O‘sha kuni 250 dan ortiq turli binolar “minalashtirilgan”.
Izoh (0)