Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubi futbolchilari paxta dalasiga chiqdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Paxta dalasiga chiqarilgan “Navbahor” 6 yillik tanaffusdan keyin “Paxtakor”ni taslim qildi
“Navbahor” futbolchilari paxta terib, “Paxtakor”ni yengach, “Qo‘qon—1912” futbolchilari ham paxtaga chiqdi
“So‘g‘diyona” futbol klubi ham jarayonga befarq qarab turmay, bosh murabbiy Igor Shkvirin boshqaruvida paxta dalasiga chiqqan. FIFA kunlari sabab yuzaga kelgan tanaffusda nafaqat futbolchilar, balki Jizzax viloyati futbol federatsiyasi xodimlari, “So‘g‘diyona” stadioni ishchilari va klubning barcha xodimlari ham paxtaga jalb qilingan.
Bu guruh paxta dalasida qancha vaqt bo‘lgani va umumiy qancha hosil yig‘ib olgani borasida ma’lumot berilmagan. Bungacha “Navbahor” va “Qo‘qon—1912” klublari ham paxta dalasida ko‘rinish bergandi.
Izoh (0)