“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining Tojikistondagi vakolatxonasi Dushanbedan Toshkentga chiptalar narxi 200 somoniy (20 dollardan ko‘proq)ga pasaytirilishini e’lon qildi, deb yozadi “Kommersant.uz”. Endi Tojikistondan Toshkentga parvoz 1034 somoniy (taxminan 100 dollar)ga tushadi.
“Yo‘lovchilar oqimini ko‘paytirish uchun biz Toshkentga chipta narxini 1034 somoniygacha pasaytirdik”, — deyishdi O‘zbekiston aviakompaniyasi vakolatxonasida.
Har hafta aviakompaniya Dushanbedan Toshkentga 50—60 nafargacha yo‘lovchi olib ketadi. Shu bilan birga, samolyot 150 kishini sig‘dira oladi.
Izoh (0)