Pokistonda avtobus ishtirokidagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
Pokistonda avtobusning furgon bilan to‘qnashishi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi, 25 kishi yaralandi. Bu haqda, Geo TV telekanaliga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Avariya Belujiston viloyatining Mastung okrugida ro‘y berdi. Yo‘lovchi avtobusi Kvettadan Sibi shahriga ketish yo‘lida furgon bilan to‘qnashib ketdi.
Furgonda dam olishga ketayotgan yoshlar bor edi.
YTH sabablari aniqlashtirilmoqda.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar