London politsiyasi avtomobilda trotuarga chiqib ketgan erkakni qo‘lga oldi. Voqea Janubiy Kensingtondagi tabiatshunoslik muzeyi yaqinida ro‘y berdi, deb xabar qiladi “Interfaks”.
Politsiya axborotiga ko‘ra, voqea oqibatida bir necha kishi jarohat olgan.
BBC muxbiri Xloya Xeyvord jarohat olganlardan hech kimning hayoti xavf ostida emasligini aniqladi.
Ayni paytda voqea joyi politsiya tomonidan o‘rab olingan.
Izoh (0)