Bu haqiqatlarni komikslar yaratuvchisi Bruk Barkerning o‘zi qayg‘uli deb atadi. Lekin uning yozganlari yoqimli va qiziqarli bo‘lib, sizni hecham xafa qilmaydi, aksincha kayfiyatingizni ko‘taradi.
- Mushuklar odamlarni ovozlaridan tanib olishi mumkin, lekin ularni bir pulga ham olmaydi.
- Kvokkilarning afti xuddi har doim kulib turgandek ko‘rinadi.
- Xo‘rozlarning biologik soatlari ularni har kuni ertalab tong otishidan ikki soat oldin uyg‘otadi.
- Grenlandiya qutb akulalari 150 yoshida balog‘atga yetadi.
- Ba’zi baliqlar odamlarni yuzlaridan tanishi mumkin.
- Irbislar bir kechada 9 kg ovqat yeydi.
- Fillar tunda bor-yo‘g‘i 2 soatgina uxlaydi.
- Tulkilarning tili juda sezgir bo‘ladi.
- Baliqlarning xarakteriga ularning atrofidagilar ta’sir ko‘rsatadi.
- Surikatlar ko‘zlarining tagida tug‘ma qoramtir dog‘lar bo‘ladi.
- Skunslar dushmaniga otilishdan oldin uni raqs bilan qo‘rqitishga harakat qiladi.
- Arilar stress bilan kurashish uchun shirinlik yeydi.
- O‘rdakcha hayotining birinchi 10 daqiqasida nima uchrasa, o‘shani o‘zining onasi deb hisoblaydi.
- Ko‘k akulalar bir-birlarini tishlash orqali o‘zlarining romantik qiziqishlarini bildiradi.
- Sichqonlar boshqa sichqonlarning ma’yusliklarini his qila oladi va shunda ular ham ma’yus bo‘la boshlaydi.
- Urg‘ochi sherlar jigarrang yolli sherlarni yoqtiradi.
Izoh (0)